Go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yo‘naltirilishi belgilandi.
Bu mablag‘ chorva kompleksini tashkil qilish, qoramol olish, omuxta yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga beriladi.
Chorva xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga ham 1 trillion so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. Ushbu kreditlarning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamg‘armasidan barcha tadbirkorlarga qoplab beriladi.