Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi viloyatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi viloyatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so‘mda) taqdim etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shtining eng qimmati Chirchiqda - bir kilogramm uchun 52 ming so‘m. Eng arzon - Nukusda (26 ming so‘m).

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming so‘m. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming so‘m. Shuningdek, poytaxt kartoshka (3,7 ming so‘m), piyoz (1,9 ming so‘m), sabzi (3,4 ming so‘m), tuxum (7,8 ming so‘m - 10 donasi), guruch (19,6 ming so‘m) narxi bo‘yicha yetakchi ga aylandi.

Shu bilan birga, Toshkentda ba’zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoshka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming so‘m. Piyoz narxida ham shuni kuzatish mumkin - 500 so‘m.

Eng arzon sabzi Namanganda - 900 so‘m, guruch - Gulistonda (4 ming so‘m), o‘simlik yog‘i - Andijonda (1 litr uchun 8,5 ming so‘m). O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming so‘m.

Eng arzon shakar Gulistonda - 4,5 ming so‘m. Boshqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toshkentda, u 5,5 ming so‘m turadi.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

Kun.uz

Kiritildi: 14:09 07.01.2019. O'qildi: 1758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!