Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Gurbanguli Berdimuhamedov Makkada sadaqa berdi

A A A
Gurbanguli Berdimuhamedov Makkada sadaqa berdi

Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi delegasiya Makka shahridagi “Al Haram” masjidida sadaqa berdi. Bu haqda Turkmenportal xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 iyun kuni juma namozidan keyin turkman xalqining Milliy yetakchisi Qurbon hayiti sharafiga ehson qilgan. Sadaqada mamlakat delegasiyasi a’zolari, shuningdek, muqaddas Ka’bada Haj ziyoratiga borgan ziyoratchilar ishtirok etgan.

Sadaqa chog‘ida Taborak surasi o‘qilgan, so‘ng yig‘ilganlarga milliy taomlar tortilgan. Taom so‘ngida ishtirokchilar oyatlar o‘qib, sadaqani Alloh taoloning qabul qilishi uchun duolar qilgan.

Kiritildi: 17:59 02.07.2023. O'qildi: 2889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!