Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gulistonda yangi tug‘ilgan chaqaloq 18 ming dollarga narxlandi

Gulistonda yangi tug‘ilgan chaqaloq 18 ming dollarga narxlandi

Guliston shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Qing‘ir niyatlilar chaqaloqni 18 ming dollarga baholagan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar bermoqda.

Idoraning xabar berishicha, Sardoba tumanida yashovchi ayollarning hibsga olish bo‘yicha operasiya 23 iyun kuni o‘tkazilgan. Chaqaloq uchun olishlari kerak bo‘lgan pul mablag‘larini huquq-tartibot idoralari xodimlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yishdi. Tergov davom etmoqda.

Bu respublika fuqarolari, asosan ayollar, yosh bolalar va o‘spirinlarni sotishga urinayotganining birinchi holati emas. May oyi oxirida Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida tergovchilar 13 yoshli o‘g‘li uchun 15 ming dollar so‘ragan mahalliy fuqaroni qo‘lga olishdi.

Ayolga nisbatan “Odam savdosi” moddasi bo‘yicha jinoiy ishi qo‘zg‘atildi.

 

Kiritildi: 12:49 24.06.2020. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!