Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziyaning sobiq bosh vaziri 5 yilga qamaldi

Gruziyaning sobiq bosh vaziri 5 yilga qamaldi

"Gruziya prokuraturasi mamlakatning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili bilan protsessual kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, Garibashvili 5 yil qamoq jazosini o‘taydi va davlatga 1 million lari (372 ming dollar) miqdorida jarima to‘laydi. Siyosatchiga 9 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solayotgan edi. Shuningdek, Garibashvilining uyida tintuv paytida topilgan 6,5 million dollar mablag‘ musodara qilindi", deya xabar bermoqda DW nashri.

Oktyabr oyi oxirida Gruziya prokuraturasi sobiq bosh vazirga juda yirik miqdordagi noqonuniy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha rasman ayblov qo‘ygandi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Garibashvili 2019–2024 yillarda mudofaa vaziri, keyinchalik esa bosh vazir bo‘lib ishlagan davrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan, olingan daromadlarni esa oila a’zolaridan olingan sovg‘alar sifatida rasmiylashtirgan. Garibashvili, shuningdek, o‘z mulklarini qarindoshlari nomiga rasmiylashtirgan.

Garibashvili 2011 yilda tashkil etilganidan buyon hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining a’zosi hisoblanadi. Bir muddat u partiya raisi lavozimida ham ishlagan.

Kiritildi: 22:37 12.01.2026. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!