Bu haqda Dmitriy Peskov fikr bildirdi.
“Biz bir qator mamlakatlarda shunga o‘xshash voqealarni ko‘rdik”, – deya ta’kidladi u.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya hukumati vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlantirish uchun choralar ko‘rmoqda.
Tbilisida tun bo‘yi norozilik namoyishlari davom etdi. 40 ga yaqin jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tbilisidagi stixiyali namoyish Bosh vazir Irakliy Kobaxidze payshanba kuni hukmron “Gruziya orzusi – demokratik Gruziya” partiyasi 2028 yil oxirigacha Yevropa Ittifoqiga kirish muzokaralari masalasini kun tartibiga qo‘ymaslik va byudjet grantlarini rad etishga qaror qilganini e’lon qilganidan keyin boshlandi.