Gruziya va Xitoy o‘rtasida Gruziya maktablarida xitoy tilini birgalikda o‘qitish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bu haqda bosh vazir Irakliy Gariboshvili Pekin universitetidagi chiqishida ma’lum qildi.
"Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish maqsadiga erishishga katta hissa qo‘shishiga ishonaman. Gruzinlar orasida Xitoy madaniyati va tiliga qiziqish kuchayayotganidan xursandman", — dedi u.