Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziya Ichki ishlar vazirligi namoyish paytida 24 kishini hibsga oldi

Gruziya Ichki ishlar vazirligi namoyish paytida 24 kishini hibsga oldi

Tbilisi markazida kechagi namoyishda 24 kishi hibsga olingan.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Shunday qilib, to‘rt kun davomida poytaxtda 224 nafar namoyishchi mayda bezorilik va polisiyaga bo‘ysunmagani uchun ma’muriy qamoqqa olindi.

Jinoiy tergov doirasida yana ikki kishi qo‘lga olindi. Tergov natijasida aniqlanishicha, 29 noyabr kuni ulardan biri parlament binosiga yondiruvchi aralashma tashlab, binolardan birida yong‘in chiqqan, ikkinchisi polisiyachini pirotexnika vositalari bilan jarohatlagan.

Hibsga olinganlar mos ravishda 17 va 21 yoshda. Ikkinchisi muqaddam bir necha marta sudlangan. Ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Gruziya ommaviy axborot vositalari muxolifatdagi "Girchi - ko‘proq erkinlik" partiyasi raisi Zurab Japaridze qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Kiritildi: Bugun 12:16. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!