Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gruziya Yevropa Ittifoqi va NATOni tark etmaydi

Gruziya Yevropa Ittifoqi va NATOni tark etmaydi

❕ Gruziya hukumati mamlakat konstitusiyasining 78-moddasini olib tashlash yoki o‘zgartirish niyatida emas, unda mamlakatning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishga intilishi bayon etilgan.

Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bayonot berdi.

«Aniq aytishim mumkinki, biz 78-moddani olib tashlash yoki o‘zgartirishni rejalashtirmayapmiz», dedi bosh vazir Gruziya telekanallaridan birida efirda.

Avvalroq hukumat rahbari Yevropa Ittifoqi Tbilisi bilan hamjamiyatga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni shu yilning boshida boshlashi mumkinligini tan olgandi. Shu bilan birga, siyosatchining qayd etishicha, Ukrainadagi mojaro davom etayotgan bir paytda buning ehtimoli past.

Kiritildi: 18:17 23.08.2024. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!