Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Grenlandiyaning hukmron Siumut partiyasi orolning mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazmoqchi

Grenlandiyaning hukmron Siumut partiyasi orolning mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazmoqchi

Grenlandiyaning hukmron Siumut partiyasi orolning mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazmoqchi.

Partiya yetakchisi Erik Yensen Danmarks Radio radiosiga bergan intervyusida 11 martda o‘tkaziladigan Grenlandiya parlamenti saylovidan so‘ng referendum bosh masalaga aylanishini ma’lum qtldi.

"Albatta, referendumni Grenlandiya xalqi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiramiz. Bu juda muhim. Nima uchun ovoz berishimiz borasida hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q", — deya ta’kidladi Yensen.

Siyosatchining so‘zlpriga ko‘ra, partiya o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risidagi qonunning Grenlandiya va Daniya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, orolga mustaqillik berilishi imkoniyatlari to‘g‘risidagi 21-moddasini faollashtirishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 10:22 07.02.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!