Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Google Pay endi O‘zbekistonda ham ishlaydi

Google Pay endi O‘zbekistonda ham ishlaydi

O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmatining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Bu yangilik 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda e’lon qilindi. Google Cloud vakili Marsin Krasuski mamlakatda mazkur xizmatni joriy etish imkoniyati yaratilganini bildirdi.

Google Pay'ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishiga shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq huquqiy cheklovlarning yumshatilishi turtki bo‘lgan.

Xususan, 2026 yil mart oyida qabul qilingan qonun ayrim toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat tashqarisida qayta ishlashga ruxsat bergan. Mazkur o‘zgarishlar xalqaro raqamli to‘lov xizmatlarini joriy etish uchun huquqiy asos yaratdi.

Kiritildi: 13:56 19.10.2026. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik