“Kasperskiy laboratoriyasi” ilovalari endilikda Google Play foydalanuvchilari uchun mavjud emas, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
“Google kompaniyasi qaroriga ko‘ra, Android qurilmamizdagi xavfsizlik ilovalari hozircha rasmiy Google Play ilovalari do‘konida mavjud emas”, deyiladi bayonotda.
Kasperskiy laboratoriyasining tushuntirishicha, Google qarori Amerika hukumati tomonidan kompaniya mahsulotlarini tarqatish va sotishga qo‘yilgan taqiq bilan bog‘liq. “Kaspersiy”ga ko‘ra, Google AQSh Savdo vazirligining ilovalarni mamlakat tashqarisida tarqatishni taqiqlamaydigan qarorini ortiqcha izohlamoqda.
“Ushbu cheklovlar Qo‘shma Shtatlardan tashqarida qonuniy kuchga ega bo‘lmasa-da, Google barcha mahsulotlarimizni Google Play’dan olib tashladi”, deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
“Kaspersiy” vaziyatni barcha manfaatdor tomonlar bilan faol muhokama qilmoqda.
Qayd etilishicha, Android qurilmalarida Google do‘konidan o‘rnatilgan barcha ilovalar ishlashda davom etadi, pulli obunalar faol bo‘lib qoladi, lisenziyalar va virus ma’lumotlar bazasini yangilash shaxsiy bulutli infratuzilma orqali boshqariladi.
Kompaniya o‘z ilovalarini Samsung Galaxy Store, Huawei AppGallery, Xiaomi GetApps kabi boshqa do‘konlardan yuklab olishni tavsiya qilmoqda.