Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Google eng kuchli kvant kompyuterini yaratdi, ammo darhol uni maxfiylashtirishdi

Google eng kuchli kvant kompyuterini yaratdi, ammo darhol uni maxfiylashtirishdi

Yangi ishlanma haqida tafsilotlar yo‘q va Google kvant kompyuterini yaratuvchilarning o‘zi bu borada hech qanday izoh berishmayapti.

Google tomonidan eng kuchli kvant kompyuterini yaratganligi haqidagi xabar (NASA) aeronavtika va koinot tadqiqotlari bo‘yicha milliy boshqarmaning veb-saytida paydo bo‘ldi, ammo keyinchalik ba’zi sabablarga ko‘ra ma’lumotlar o‘chirildi. Financial Times jurnalistlari hisobotni o‘rganib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi va quyidagilarni bilib olishdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Google ning kvant prosessori hisoblab chiqish uchun bor-yo‘g‘i 3 daqiqa 20 soniyani sarflagan, vaholanki, IBM ning eng ilg‘or Summit superkompyuteriga buning uchun tahminan 10 000 yil vaqt kerak bo‘lar edi. Bundan tashqari, ishlanma bir vaqtning o‘zida bitta hisobni amalga oshirishga qodir.

Google kvant kompyuterlarining mualliflarining qayd etishicha, hozircha gap ishlanmaning tijorat istiqbollari haqida ketmayapti. Ta’kidlanishicha, kvantli kompyuterlarni amaliy vazifalari bilan bog‘liq yechimlarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘lar ekan.

Kiritildi: 22:45 23.09.2019. O'qildi: 2495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!