Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Google"da 2020 yilda eng ko‘p izlangan mavzular va yangiliklar qaysilar?

"Google"da 2020 yilda eng ko‘p izlangan mavzular va yangiliklar qaysilar?

Bu yil eng ko‘p qidiruvga berilgan mavzu koronavirus bo‘ldi. Keyingi o‘rinlardan esa yana koronavirus statistikasi, uning alomatlari bilan bog‘liq so‘rovlar joy oldi. Saylov natijalari, Jo Bayden haqida ma’lumotlar ham ko‘p izlangan.

Karantin cheklovlari tufayli maktablar, OTMlar, ishxonalarda masofaviy ish va o‘qish joriy etilishi Google classroom, Zoom kabi onlayn platformalarning so‘rovlar top 10taligiga kirishiga sabab bo‘lgan.

"Google’ga ko‘ra, 2020 yilda eng ko‘p o‘qilgan yangilik ham koronavirus mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu yil odamlarni eng ko‘p qiziqtirgan yangiliklar ichida saylovlar natijalari, xantavirus, Bayrut, Eron, ishsizlik, AQShda qora tanli fuqaroning polisiyachi tomonidan o‘ldirilishidan so‘ng boshlangan harakatlar ham bor.

Google bu yil odamlarni eng qiziqtirgan shaxslar ro‘yxatini taqdim etdi:

  • Jo Bayden – AQShning yangi saylangan prezidenti;
  • Kim Chen In – Shimoliy Koreya yetakchisi;
  • Boris Jonson – Buyuk Britaniya bosh vaziri;
  • Kamala Harris – AQShning keyingi vise-prezidenti bo‘lishi kutilayotgan birinchi ayol;
  • Tom Henks – amerikalik aktyor. 
Kiritildi: 15:52 24.12.2020. O'qildi: 4114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!