Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi

GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi

Bugun, 22 aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘izistonga eksport qila boshladi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi. Bu haqda GM Uzbekistan ning Facebook dagi sahifasi xabar berdi.

Bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga yuborilgan. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahridagi SariarkaAvtoProm zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.

2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilingan. Bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 21:30 22.04.2019. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!