Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti inspektorlari, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatida giyohvandlik vositalarini respublikamizga olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga kirib kelgan “Lada Largus” rusumli avtotransportga ortilgan buyumlar bojxona xodimlari tomonidan rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada 2 dona ovoz kuchaytirgich ichki qismida noma’lum jismlar borligi aniqlandi. Fuqaro tomonidan bojxona nazoratida noqonuniy tovarlar mavjud emas deb bildirgan bo‘lsada, 36 dona selofan paketga solingan jami og‘irligi 18 kg. 98 gr. bo‘lgan oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar Rossiya Federasiyasidan mamlakatimizga olib kelayotganligi aniqlandi. Markaziy bojxona laboratoriyasi ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan kukunsimon modda tarkibida Mefedron (4-Metilmetkatinon) nomli giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoiy ish ochilib, tergov organlariga yuborildi.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!