Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bilan do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishni ikki davlat xalqlari manfaatlariga mos deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya rahbari Armaniston Mustaqillik kuni munosabati bilan bosh vazir Nikol Pashinyanga yo‘llagan tabriknomasida yozgan .
Prezident respublika hukumati rahbariga muvaffaqiyat va sog‘lik, fuqarolarga baxt va farovonlik tiladi.
«Rossiya-Armaniston do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, umumiy integrasiya birlashmalari doirasidagi konstruktiv hamkorlik, shubhasiz, xalqlarimizning tub manfaatlariga mos keladi», — dedi Putin.