Joriy yilning 9 avgust kuni Pop tumani “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan" muntazam YPX maskanida, Pop tumani IIB va YHXB xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro I.T.boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Farg‘ona shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A.ni yonidan sof og‘irligi 0,25 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.