Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

🩸Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yurak yetishmovichiligi kabi jiddiy xastaliklarga olib kelishi mumkin.

⬇️ Shu bois yuqori qon bosimi profilaktikasi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🥙 1. To‘g‘ri ovqatlanish. Qizil go‘sht, hayvon yog‘lari va tuz iste’molini kamaytiring. Taomnomada meva-sabzavotlar, baliq, yong‘oq, yog‘siz sut mahsulotlari bo‘lishiga e’tibor bering.

☕️ 2. Qahvani cheklash. Kofein qon bosimini oshiradi. Shu bois uni cheklash maqsadga muvofiq.

🚫 3. Alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechish.

🏃‍♂️ 4. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. Yengil sport turlari, piyoda yurish, velosiped uchish, suzish arterial qon bosimining me’yorda bo‘lishiga yordam beradi.

🧍‍♂️ 5. Tana vaznini nazorat qilish. Ortiqcha vazn gipertoniya rivojlanish xavfini oshiradi.

🧘‍♂️ 6. Stressli vaziyatlardan qochish. Meditasiya va yoga bilan shug‘ullanish stress hissini kamaytirishning samarali usuli hisoblanadi.

😴 7. Uyqu rejimiga amal qilish. Gipertoniyaga chalingan bemor kuniga kamida 8 soat uxlashi tavsiya etiladi.

💊 8. Dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish. Agar shifokor qon bosimini tushirish uchun kerakli dorilar yozib bergan bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida ichish lozim.

👨‍⚕️ 9. Davriy shifokor ko‘rigidan o‘tish. Bu organizmdagi salbiy o‘zgarishlarni barvaqt aniqlash va tezkor choralar ko‘rish imkonini beradi.

Kiritildi: 11:34 13.01.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!