Berlin Kiyevga harbiy yordam paketi doirasida uzoq masofaga uchuvchi dronlar ishlab chiqarishni moliyalashtiradi.
Bu haqda Die Welt yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap BARS va AN-196 modellaridagi dronlar haqida ketmoqda, ular uchun taxminan 400 mln yevro (36 mlrd rubl) ajratish rejalashtirilgan.
Maqolada qayd etilishicha, 2025 yil may oyi boshida Ukraina bundesverga ushbu turdagi qurol bo‘yicha murojaat qilgan.