Gannoverning Sparkasse Hannover banki bir yil avval Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shrederning hisob raqamini bloklagan edi.
Bu haqda Bild yozmoqda.
"Bild tadqiqotiga ko‘ra, Sparkasse Hannover uning hisobini ma’lum pul o‘tkazmalari uchun bloklagan," - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, gap "Shimoliy oqim-2" operatori Nord Stream 2 AG'dan pul o‘tkazmalari haqida ketmoqda.
Shrederga yo‘llagan maktubida bank rahbariyati mablag‘larni sobiq kansler hisobiga kiritishni davom ettirsa, AQSh tomonidan sanksiyalar qo‘llanilishidan xavotir bildirgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, Shreder hech qanday sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.