Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyaning ichki qarzi o‘tgan yili rekord darajaga yetgan

Germaniyaning ichki qarzi o‘tgan yili rekord darajaga yetgan

Germaniyaning ichki davlat qarzi 2023 yil oxiriga kelib rekord darajaga yetgan va taxminan 2,45 trillion yevroni tashkil qilgan.

Bu haqda mamlakat Federal statistika boshqarmasi ma’lum qildi.

«2023 yil oxiriga kelib, davlat budjetining nodavlat sektordan qarzi 2445,1 milliard yevroni tashkil etdi», — deya ta’kidladi ma’muriyat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu federal hukumat, munisipalitetlar va ijtimoiy ta’minot tizimi qarzlarining oshishi tufayli sodir bo‘lgan.

2023 yilda Germaniyada aholi jon boshiga qarz 28 943 yevroga yetdi, bu 2022 yilga nisbatan 778 yevroga ko‘pdir. 2023 yil oxirida federal hukumatning qarzi 1 6963 milliard yevroni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 75,9 milliard yevroga (4,7 foiz) oshgan.

Kiritildi: 06:38 30.07.2024. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!