Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyaning davlat qarzi 2,75 trillion yevroga yetdi

Germaniyaning davlat qarzi 2,75 trillion yevroga yetdi

Germaniyaning davlat qarzi 2026 yilning ikkinchi choragida 26,3 milliard yevroga oshib, iyun oxiriga kelib 2,75 trillion yevroga yetdi. Bu dastlabki ma’lumotlarni mamlakat Federal statistika boshqarmasi e’lon qildi.

Qarzning eng katta o‘sishi federal hukumat hisobiga to‘g‘ri kelgan — uning majburiyatlari 20,5 milliard yevroga ko‘paygan.

O‘sishning asosiy sabablaridan biri maxsus jamg‘armalar bo‘lgan. Infratuzilma va iqlim neytralligi jamg‘armasi qarzi 13,8 milliard yevro, Bundesver uchun maxsus jamg‘arma qarzi esa 4,2 milliard yevroga oshgan.

Germaniya federal yerlarining qarzi ham 2,9 milliard yevroga ko‘payib, 646 milliard yevroga yetgan. Shaharlar va munisipalitetlarning umumiy qarzi esa 200 milliard yevroga yaqinlashgan.

Shu bilan birga, 26,3 milliard yevrolik o‘sish Germaniya bir chorakda shuncha zarar ko‘rdi degani emas. Gap davlatning to‘plangan qarzi miqdori oshgani haqida ketmoqda.

Kiritildi: 17:45 29.09.2026. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!