Bundesver harbiy-transport samolyoti Selle shahridagi (Quyi Saksoniya) aerodromdan ko‘tarilayotganida noma’lum shaxslar pirotexnika vositalaridan o‘qqa tutgan.
Bu haqda Der Spiegel jurnali xabar bermoqda.
Jurnalning yozishicha, voqea 26 sentyabr kuni soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) atrofida sodir bo‘lgan. Hujumchilar S-130 ni aniq nishonga ola olmadi, biroq uchuvchilar miltillovchi va keyin kuchli portlashni payqashdi. Ular darhol aerodrom dispetcherlariga xabar berishdi.
Nashrga Germaniya qurolli kuchlaridagi manbalarning aytishicha, harbiy samolyotlar bilan bog‘liq bunday hodisalar juda kam uchraydi. Voqea joyiga zudlik bilan harbiy xizmatchilar va polisiya yetib kelgan, biroq gumondorlarni topa olmagan. Aerodromda portlovchi moddalar qidirildi, ammo shubhali hech narsa topilmadi.
Bundesver ham, polisiya ham tergov olib bormoqda.