Bu haqda Aholini himoya qilish va favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish federal boshqarmasi (BBK) rahbari Ralf Tisler ma’lum qildi. Uning izohlashicha, Ukrainadagi urush davom etayotgan sharoitda Germaniya Rossiyaning bir necha yildan so‘ng NATO davlatlariga hujum qilishi mumkinligi xavfini real deb bilishi va bunga tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
Ralf Tislerning ta’kidlashicha, yaqin to‘rt yil ichida fuqaro mudofaasi loyihalariga kamida 10 milliard yevro, keyingi o‘n yillikda esa yana kamida 30 milliard yevro sarflanishi kutilmoqda. Gap nafaqat bombadan saqlanish tarmog‘ini kengaytirish, balki aholini xabardor qilish tizimini zamonaviylashtirish kabi masalalar haqida ham bormoqda.
BBK rahbari yuqori himoya darajasiga ega yangi bunkerlar qurish ko‘p vaqt va mablag‘ talab qilishini ta’kidladi. Tezroq va arzonroq yechim sifatida u tunnellar, metro bekatlari, yer osti avtoturargohlari va jamoat binolari yerto‘lalarini bombadan saqlanish joylariga moslashtirish taklifini ilgari surdi. Ralf Tisler boshqarmasi batafsil rejani shu yozning o‘zidayoq taqdim etishi kutilmoqda.