Bundan tashqari, yil davomida jinoiy tuzilmalar faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan 7 988 kishi ro‘yxatga olingan. Bu ham so‘nggi besh yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Gumonlanuvchilar orasida:
2 722 nafari Germaniya fuqarosi;
664 nafari Turkiya fuqarosi;
402 nafari Suriya fuqarosi;
281 nafari Albaniya fuqarosi;
258 nafari Polsha fuqarosi bo‘lgan.
«Uyushgan jinoyatchilik ichki xavfsizligimiz uchun tobora kuchayib borayotgan tahdidni anglatadi», — dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt hisobot e’lon qilinishi munosabati bilan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy guruhlar «yanada professionallashib, shafqatsiz va betartib bo‘lib bormoqda».
BKA rahbari Xolger Myunx esa jinoiy tuzilmalarga hatto xorijiy davlatlar ham murojaat qilib, ularga diversiya va josuslik kabi vazifalarni topshirayotganini ta’kidladi.