Bir kun avval bo‘lib o‘tgan «Ena»ning «Karl Seyss» va «Leypsig»ning «Xemi» klublari o‘rtasidagi mintaqaviy liga bahsi tartibsizliklar bilan yakunlandi. To‘qnashuvlar chog‘ida polisiya xodimlari, muxlislar va xavfsizlik xodimlari doxil 79 kishi jarohatlangan.
O‘yin Yena shahrida bo‘lib o‘tgan va klub ma’lumotlariga ko‘ra, unga 7224 nafar tomoshabin kelgan, ularning mingdan ortig‘i mehmonlarni qo‘llab-quvvatlagan. Mezbonlar Xemidan 5:0 hisobida ustun keldi.
O‘yin boshlanishidan oldin ham «Ena»ning 350 nafarga yaqin muxlislari shahar bo‘ylab ruxsat etilmagan kortej o‘tkazishdi, bu pirotexnika vositalarining ishga tushirilishi bilan birga bo‘ldi. Polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlardan foydalanishga majbur bo‘ldi.
O‘yindan keyin ham tartibsizliklar davom etdi. Xemi muxlislari mezbon jamoa tomon salyut otishni boshladilar. Bu katta janjalni keltirib chiqardi, har ikki tomonning muxlislari xavfsizlik to‘siqlarini buzib o‘tib, katta janjalni boshlab yubordi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat nazoratdan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida o‘n nafar polisiyachi, besh nafar xavfsizlik xodimi va 64 nafar muxlis jarohatlangan. Stadiondagi himoya inshootlariga jiddiy zarar yetkazilgani ham qayd etilgan. Umumiy hisobda polisiya tomonidan 40 ta ma’muriy va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.