Germaniyada chet ellik jurnalistlar muloqotini telefon orqali eshitish jarayoni qonuniylashtirilishi mumkin. Bu haqda Izvestiya nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, xorijiy siyosiy muxbirlar hozirda o‘zlarining telefondagi so‘zlashuvlarini qanday qilib shifrlash haqida o‘ylashmoqda.
Bunday tartib nafaqat muqobil ommaviy axborot vositalariga qaratilgan. Germaniya Federativ Respublikasi razvedka xizmati barcha ommaviy axborot vositalaridagi so‘zlashuvlarni kuzatmoqchi.
Germaniya Konstitusiyaviy sudi esa yangi qonunni ma’qullamayapti, lekin uni rasman rad etgani ham yo‘q.