Germaniya va AQSh Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishiga to‘sqinlik qilmoqda, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi yuqori lavozimli manbaga tayanib.
"AQSh va Germaniya Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy arizasiga to‘sqinlik qilayotganini tasdiqlashim mumkin", dedi manba.
Gazetaning yozishicha, alyansning ayrim a’zolari “Ukrainaning NATOga qo‘shilishi uchun yo‘l ochishni istamaydilar”.