Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya Tolibonni ayollarni kamsitgani uchun sudga beradi

Germaniya Tolibonni ayollarni kamsitgani uchun sudga beradi

Germaniya, Avstraliya, Kanada va Gollandiya Afg‘onistonda hokimiyatda bo‘lgan Tolibonga ayollarga nisbatan kamsitish tufayli Xalqaro sudga da’vo arizasi beradi. Bu haqdaThe New York Times xabar bermoqda.

«Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida Avstraliya, Kanada va Niderlandiyadagi hamkasblari bilan Tolibon hukumati tomonidan ayollarga nisbatan kamsitish masalasi bo‘yicha maslahatlashishni rejalashtirmoqda. Tolibon ma’lum vaqt ichida vaziyatni yaxshilash uchun hech qanday chora ko‘rmasa, davlatlar arbitraj ishini boshlashni istaydi. Gaagadagi Xalqaro sudi ham ishtirok etishi mumkin», — deb yozadi nashr.

Xususan, mamlakatlar Tolibonni BMTning ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasini «qo‘pol va tizimli ravishda buzish»da ayblamoqda.

Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!