Germaniya TikTok va Instagramni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi DW.
Bunday tashabbusni Germaniyaning sobiq ta’lim va fan vaziri, Yashillar partiyasidan siyosatchi Jem O‘zdemir ilgari surdi.
Unga ko‘ra, bolalar smartfon va ommaviy axborot vositalaridan “mas’uliyat bilan” foydalanishni o‘rganmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash kerak.
— O‘smirlarga haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Buning uchun maxsus haydovchilik darslari mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarga ham xuddi shunday yondashuvni qo‘llashimiz kerak, — dedi O‘zdemir dpa agentligiga bergan intervyusida.
Die Zeit gazetasining so‘roviga ko‘ra, Germaniyadagi kattalarning aksariyati bu choralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bu tashabbusga qo‘shilishlari mumkin, ularning o‘zlari katta bo‘lganlarida ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan.
Biroq nemis o‘qituvchilari uyushmasi bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash g‘oyasini “amalga oshirish qiyin va samarasiz” deb hisoblaydi.
— Facebook, Instagram va TikTok zamonaviy voqelikning bir qismi, yoshlar bu dunyoda o‘z yo‘llarini topishlari kerak. Taqiqlash yordam bermaydi, — dedi tashkilot prezidenti Stefan Dyull.