Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya tez orada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi

Germaniya tez orada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi

Germaniya hukumati yaqin vaqt ichida Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 397 million yevro ajratish niyatida.

Bu haqda Moliya vazirligining Bundestag (Germaniya parlamenti) byudjet qo‘mitasiga yo‘llangan maktubida aytilgan.

Yangi yordam paketi Ukraina qurolli kuchlari uchun havo hujumidan mudofaa uskunalari, uchuvchisiz samolyotlar va harbiy texnika sotib olish uchun ishlatilishi kutilmoqda.

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxirigacha Ukrainaga uni qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan 1,42 milliard yevro kerak bo‘ladi. Bu 2024 yilgi byudjetda nazarda tutilganidan roppa-rosa 397 million yevroga ko‘pdir. Qo‘shimcha mablag‘ ajratish uchun parlamentning roziligi talab qilinadi.

Kiritildi: 15:24 19.09.2024. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!