Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya tashqi ishlar vaziri Moldovada saylovlarga Rossiya ta’siridan ogohlantirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Moldovada saylovlarga Rossiya ta’siridan ogohlantirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Moldovada bo‘lib o‘tgan ovoz berish arafasida so‘zlagan nutqida Putin “nafaqat tinch Yevropa tartibini buzishni istaydi, balki Yevropa mamlakatlaridagi saylov natijalariga ham ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda”, deya fikr bildirdi.

Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kishinev Rossiyaning Ukrainada keng ko‘lamli harbir harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay yaratilgan Moldovani qo‘llab-quvvatlash platformasi yordamida bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashmoqda.

20 oktyabr kuni Moldovada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu ikkinchi muddatga saylanish uchun kurashadi. Shuningdek, mamlakatda konstitusiyada YEIga kirish maqsadini mustahkamlab olish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!