Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi missiyasini Rafahga yuborishni taklif qildi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi missiyasini Rafahga yuborishni taklif qildi

Annalena Berbok 2007 yilda HAMAS hokimiyatga kelganidan so‘ng to‘xtatilgan Rafahdagi Yevropa Ittifoqi nazorat missiyasi faoliyatini tiklashni taklif qildi.

Berbok bu haqda Berlinda Germaniya Konstitusiyaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Siyosatchi bu tashabbusni 27 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ilgari surmoqchi. Berbok, shuningdek, G‘azo sektorida tinchlik sulhiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar sulh g‘oyasini yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.

Avvalroq Amerikaning Politico nashri o‘z manbalariga tayanib, prezident Bayden ma’muriyati Misr va G‘azo sektori chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti nazoratini Yevropa Ittifoqi missiyasiga o‘tkazishni taklif qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 07:50 27.05.2024. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!