Bugun 1 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Germaniya shimolida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan harbiy mashqlar o‘tkazildi

Germaniya shimolida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan harbiy mashqlar o‘tkazildi

Uch kun davomida Germaniya qurolli kuchlari, ichki xavfsizlik xizmatlari va fuqarolik organlari Gamburg porti uchun favqulodda vaziyat rejasini ishlab chiqdi. Harbiy mashqlarning maqsadi muhim infratuzilmani himoya qilish ekani xabar qilindi. Harbiylar ittifoqchi kemaning portga kelishi, tanklar va g‘ildirakli transport vositalarini xavfsiz tushirish ssenariysini ishlab chiqdi. Manyovrlarda 100 ga yaqin askar ishtirok etdi.

Bundesver bunday mashg‘ulotlar kelgusida tez-tez o‘tkazilishini aytdi. Bayonotda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan Yevropada keyingi besh yil ichida yana urush ehtimoli bor. NATO bunga birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qarshi chiqmoqchi va buning uchun ittifoqchi kuchlarni g‘arbdan sharqqa tez joylashtirish kerak bo‘ladi.

“Germaniya o‘zining geostrategik mavqeiga ko‘ra markaz vazifasini o‘taydi, shuning uchun temir yo‘l, avtomobil yoki havo orqali harbiy transportni tashkil etish, oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak yoki yonilg‘i yetkazib berish, shuningdek, butun avtokonvoylarni himoya qilish rejasi tartib bilan ishlab chiqilishi kerak", deyiladi Bundesver bayonotida.

Kiritildi: 22:30 30.09.2024. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!