Germaniya Rossiyaning josus samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi. Bu haqda DW xabar berdi.
16 oktyabr kuni Rossiyaning Il-20 samolyoti radio aloqasi o‘chirilgan va uchish rejasisiz Boltiq dengizining xalqaro suvlari uzra parvoz qildi. Bunga javoban, Germaniya ikkita Eurofighter samolyotni havoga ko‘tardi.
Aero portalining aniqlik kiritishicha, Rossiya Il-20 samolyotidan razvedka va NATO davlatlari haqida ma’lumot to‘plash uchun foydalanmoqda.