Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya razvedkasiga mamlakatning Kiyevdagi elchisi rahbarlik qiladi – Der Spiegel

Germaniya razvedkasiga mamlakatning Kiyevdagi elchisi rahbarlik qiladi – Der Spiegel

Nashrning yozishicha, Fridrix Mers Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbarini o‘zgartirmoqda. Tuzilmaning yangi prezidenti lavozimiga hozirda Germaniyaning Kiyevdagi elchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Martin Eger tayinlanadi.

Der Spiegel manbalarining ma’lum qilishicha, razvedka xizmatining amaldagi rahbari Bruno Kal Vatikanga elchi etib yuboriladi.

Germaniya hukumati hozircha bu o‘zgarishlarni rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, Der Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, kansler idorasida allaqchon qaror qabul qilingan.

"Bundan tashqari, hukumat BND'ga ajratilayotgan mablag‘larni oshirishni va razvedka xizmatiga “ko‘proq erkinlik” berish niyatida", deb yozadi Der Spiegel.

Kiritildi: 21:35 11.06.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!