Germaniyadagi qochoqlar uyida sodir bo‘lgan kuchli yong‘inda kamida 20 kishi jabrlangan.
Bu haqda "Tagesschau" portali xabar bermoqda.
"Fogelzangdagi (Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida - tahr.) markaziy qochqinlar uyida sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 20 kishi jabrlangan. Bino jiddiy shikastlangan. Yong‘in sababi noma’lum," - deyiladi xabarda.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, muassasada jami 380 kishi, yonib ketgan binoda esa 18 kishi yashagan. 10 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarga yetkazilgan. Bino yong‘inda vayron bo‘lgan, qo‘shni ikkita bino ham yashash uchun yaroqsiz.