Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya prezidenti rasmiy kutib olindi

Germaniya prezidenti rasmiy kutib olindi

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kiritildi: 19:12 17.06.2026. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik