Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya parlamenti deputati Ukraina uchun «B rejasi»ni ishlab chiqishga chaqirdi

Germaniya parlamenti deputati Ukraina uchun «B rejasi»ni ishlab chiqishga chaqirdi



AQShda prezidentlik saylovlari arafasida Yevroparlamentdagi eng yirik siyosiy kuch – Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber yevropaliklarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi. «Men Amerika Qo‘shma Shtatlari hatto prezident Tramp davrida ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishonaman, ammo bizda Ukrainani himoya qilish uchun B rejasi tayyor bo‘lishi kerak», dedi Veber Funke media guruhiga bergan intervyusida.

Ukraina mudofaa kurashida, jumladan, TAURUS qanotli raketalari kabi qurol tizimlarida ko‘proq yordam olishi kerak, dedi Veber. «Agar Ukraina qulab tushsa, urush Germaniyaga yaqinlashadi - shuning uchun biz Ukrainani qo‘limizdan kelgancha qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», dedi EPP rahbari jurnalistlarga. Uning fikricha, Yevropa Ukrainani g‘alaba qozonish imkoniyatini beradigan darajada kuchaytirishga qodir.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!