Bu haqda Germaniya quruqlikdagi kuchlari inspektori Alfons Mays hisobotiga tayanib, Bild yozmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis armiyasida jihozlar butunlay yetishmaydi va «yaqin kelajak uchun yetarli bo‘lmaydi».
«Agar biz barcha quruqlikdagi kuchlarning zaxiralariga murojaat qilsak ham, 60% dan kamrog‘i mavjud bo‘ladi», deb ta’kidlaydi general.
Uning ta’kidlashicha, Germaniyaning barcha quruqlikdagi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi kam mablag‘ ajratilishi va Kiyevga harbiy yordam tufayli pasayishi mumkin. Vaziyat o‘zgarmasa, armiya «yuqori shiddatli janglarga dosh bera olmaydi», deya qo‘shimcha qildi harbiylar.