Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya Lesbosdagi yonib ketgan lagerda yashagan 1500 nafar muhojirni qabul qilmoqchi

Germaniya Lesbosdagi yonib ketgan lagerda yashagan 1500 nafar muhojirni qabul qilmoqchi

Germaniya hukumati Lesbosda yonib ketgan lagerda yashagan yana 1500 migrantni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Gap bolali oilalar haqida. Bu haqda kansler Angela Merkel va IIV Xorst Zeexofer kelishib oldi.

Oldinroq Germaniya hukumati 150 nafar voyaga yetmagan, kattalar nazoratisiz Yevropaga kelib qolgan bolalarni qabul qilishini e’lon qilgan edi.

Qolgan bolalarni Fransiya, Niderlandiya va Norvegiya ham qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, bir hafta oldin Lesbosdagi Mora lagerida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hukumat bunda lagerda izolyasiya rejimi joriy etilganidan norozi muhojirlarning qo‘li bor deb hisoblayapti. Natijada migrantlar orol bo‘ylab tarqalib, tartibsizlikka sabab bo‘lishdi.

Kiritildi: 11:13 17.09.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!