Fridrix Mers bu haqda Bryusselda Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.
Kansler Ukraina urushida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi va bu masalani avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muhokama qilganini bildirdi.
"Rossiya haqiqiy tinchlik kelishuvi uchun imkon yaratishi zarur. Agar kerak bo‘lsa, Germaniya Rossiyaga nisbatan yanada kuchli bosim o‘tkazishga tayyor” va bu borada Qo‘shma Shtatlar hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda yangi sanksiyalar ustida ishlaydi", —deya ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.