Bu haqda GFR hukumati vakili Shtefan Kornelius ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Agentlikning yozishicha, maqsad - Ukrainada "Moskvani o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndirish"dir.
Korneliusning ta’kidlashicha, AQShning Yevropa tashabbuslariga munosabati Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi rejalashtirilgan telefon suhbati natijasiga bog‘liq bo‘ladi. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi shu hafta Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-to‘plamini qabul qilishini aytdi. Ilgari Bryussel allaqachon 18-sanksiyalar to‘plami ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.