Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya ichki ishlar vaziri suriyalik qochqinlar uchun himoyalangan shaxslar maqomini bekor qilishni rejalashtirmoqda

Germaniya ichki ishlar vaziri suriyalik qochqinlar uchun himoyalangan shaxslar maqomini bekor qilishni rejalashtirmoqda

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer suriyalik qochqinlar uchun himoyalangan maqomini bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda u Funke media guruhiga ma’lum qildi.

"Bizning qonunchiligimizda ko‘rsatilganidek, Migrasiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora himoya ta’minlanishini qayta ko‘rib chiqadi va agar Suriyadagi vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan Germaniyada odamlar bu himoyaga muhtoj bo‘lmasa, uni bekor qiladi", — deya Fezer so‘zlarini keltiradi "TASS".

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatga yaxshi singib ketgan, ishlagan va nemis tilini o‘rgangan qochqinlar Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, vataniga qaytishni istagan suriyaliklarga yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 09:20 05.01.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!