Germaniya hukumati Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan alyans sammitining yakuniy bayonotida Ukraina va NATO o‘rtasidagi munosabatlarga oid ba’zi o‘zgartirishlarga qo‘shilish niyatida emas, deb yozmoqda Bild nashri
Vilnyusdagi NATO sammiti boshlanishidan oldin murosali yechim yaqindek edi. Biroq, Germaniya hukumati Ukraina foydasiga hal bo‘ladigan qarolarga to‘sqinlik qilmoqchi, deyiladi nashr xabarida.
Shuningdek, nashrning Germaniya hukumati hujjatlariga tayanib yozishicha, Berlin sammitning yakuniy hujjatida Ukrainaning NATOga taklif qilinishi haqida yoki Ukrainaning NATOdagi munosib o‘rni haqida band bo‘lishiga rozi emas.