Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya harbiy xizmatni tiklashi mumkin

Germaniya harbiy xizmatni tiklashi mumkin



Germaniya hukumati Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistoriusning potensial muddatli harbiy xizmatchilar bazasini yaratish bo‘yicha rejalarini ma’qulladi. Ilgari u 2025 yilda 18 yoshga to‘lgan barcha yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlik va yaroqlilik to‘g‘risida raqamli anketa to‘ldirishga taklif qilgan edi. Qizlar bunday shakllarni ixtiyoriy ravishda to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.

«Agar ertaga mamlakatimizni himoya qilish masalasi paydo bo‘lsa, biz kimga murojaat qilishimiz mumkinligini ham bilmaymiz, chunki bu borada to‘liq ma’lumotlar bazasi yo‘q», dedi u DPA agentligi bilan suhbatda.

Germaniyada umumiy harbiy xizmat 2011 yilda to‘xtatilgan edi. Bugungi kunda Bundesver qo‘shin va shaxsiy tarkib etishmasligidan aziyat chekmoqda. 2024 yil iyun holatiga ko‘ra, Germaniya armiyasining soni 180 ming kishini tashkil etdi. O‘z navbatida, Pistoriusning hisob-kitoblariga ko‘ra, Germaniya samarali mudofaa va NATO doirasida ortib borayotgan majburiyatlarni bajarish uchun 460 mingga yaqin harbiy xizmatchiga muhtoj.

Kiritildi: 12:55 07.11.2024. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!