Germaniyaning raqamlashtirish bo‘yicha federal vaziri Karsten Vildberger ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga yosh bo‘yicha cheklovlar joriy etish g‘oyasini ochiq qo‘llab-quvvatladi. Gap Facebook, Instagram va TikTok kabi yirik platformalar haqida bormoqda.
Germaniya Avstraliya tajribasidan ilhomlanmoqda: u yerda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yirik platformalarda akkaunt ochish taqiqlangan. Bunga sabab sifatida internetga qaramlik, kiberbulling va zaharli kontent ko‘rsatilmoqda.