Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikka boshpana bermoqchi

Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikka boshpana bermoqchi

GFR ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt Germaniya yil oxirigacha gumanitar sabablar bilan mamlakatda bo‘lishga ruxsat olgan 535 nafar Afg‘oniston fuqarosini qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. U bu haqda 18 dekabr, payshanba kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) mediaguruhi nashrlariga bergan intervyusida aytdi.

Gap 2021 yil avgustda “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin Pokistonga qochgan odamlar haqida ketmoqda. Ular Germaniya bundesveri va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilgani uchun o‘z xavfsizligiga tahdid bo‘lishidan qo‘rqqan.

Aleksander Dobrindtning aytishicha, Germaniya hukumati bu afg‘onistonliklarni “imkon qadar tezroq” qabul qilishdan manfaatdor.

AFP keltirgan Amnesty International va Pro Asyl huquq himoya tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonda Germaniyaga evakuasiyani kutib turgan taxminan 1800 nafar afg‘onistonlik bor. Ularning ko‘pchiligi Germaniyaning davlat, nohukumat va madaniy tashkilotlarida ishlagan.

250 dan ortiq nemis tashkiloti Germaniya federal hukumatiga ochiq xat yo‘llab, gumanitar sabablar bilan Germaniyada bo‘lishga ruxsat olgan afg‘onistonliklarni qabul qilishga chaqirgan. “Vaqt tugayapti — har kun hisobda. Agar bu odamlar Afg‘onistonga qaytarilsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi”, — deya tashkilotlar bayonotidan iqtibos keltiradi AFP.

Kiritildi: 23:13 19.12.2025. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!