Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azoning 50 mingdan ortiq tinch aholisi qamalda qolgan

G‘azoning 50 mingdan ortiq tinch aholisi qamalda qolgan

HAMASning aytishicha, Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga shafqasiz hujum uyushtirib, 50 mingdan ortiq odamni qamalda qoldirgan.

“Isroil armiyasi Rafah shahridagi Tel al-Sulton, Saudiya Arabistoni va al-Bereksat mahallalariga hujum qilib, 50 mingdan ortiq tinch aholini havo va artilleriya bombalari ostida qolib ketdi”, — deyiladi XAMASning yozma bayonotida.

Isroil armiyasi Xon Yunus janubidagi Al-Mavasi hududini ataylab nishonga oldi, u yerda ko‘chirilgan falastinliklar, shuningdek, tibbiy va tez yordam brigadalari lager qildi.

Harakat tinch aholiga qilingan bu hujumlar “urush jinoyati” ekanini aytadi.

Bayonotda Isroilning G‘azodagi harakatlari xalqaro qonunlar va konvensiyalarni, xususan, xalqaro gumanitar huquqni ochiqdan-ochiq buzayotgani ta’kidlangan.

Kiritildi: 15:31 24.03.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!